"Manchester Siti" sobiq futbolchisi: "Messi raqobat bor joyga ko'chib o'tishi kerak"

"Manchester Siti" klubi va Irlandiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Terri Filon Lionel Messining MLSdagi o'yini haqida fikr bildirdi.
"Agar Lionel o'yinning ta'mini his qilishni istasa, u jiddiy raqobat bor joyga ko'chib o'tishi kerak. Ayni damda unga juda oson. Video va statistikani ko'rishning o'zi etarli. Bu xuddi PlayStation o'yiniga o'xshaydi. Agar u haqiqatan ham Argentina terma jamoasida o'ynashni rejalashtirgan bo'lsa, jahon chempionatida nima qilmoqchi ekanligini o'ylab ko'rishi kerak," - deya Filanning so'zlarini keltiradi Goal.com.
Joriy mavsum "Inter Mayami" klubi safida to'p tepayotgan 38 yoshli argentinalik 29 ta o'yinda 24 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.