"Manchester Siti" ortiqchaga aylangan darvozaboni bilan xayrlashishga qaror qildi

"Manchester Siti" darvozabon Shtefan Ortega bilan xayrlashishga tayyor.
Seshanba kuni "shaharliklar" o'z tarbiyalanuvchisi Jeyms Trafford qaytganini e'lon qildi - u "Byornli"dan 31 mln evroga sotib olindi. Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, ingliz bilan shartnoma imzolanganidan so'ng, rahbariyat Ortegaga o'ziga yangi klub izlashi mumkinligini aytdi - endi unga ishonch bildirilmaydi.
Shtefan Ortega uch yildan buyon "Manchester Siti" sharafini himoya qilmoqda. Germaniyalik futbolchi Xosep Gvardiola jamoasida jami 56 ta o'yinda maydonga tushib, 51 ta gol o'tkazib yuborgan. Transfermarkt portali mutaxassislari 32 yoshli futbolchining narxini 8 mln evroga baholamoqda.