"Manchester Siti" "Nyukasl" himoyachisiga qiziqishni oshirdi

"Manchester Siti" "Nyukasl"ning o'ng qanot himoyachisi Tino Livramento transferi ustida faol ish olib bormoqda.
TBR Football nashri tarqatgan xabarga ko'ra "shaharliklar" 22 yoshli inglizni o'z safiga qo'shib olish uchun navbatdagi qadamni tashladi va uning uchun 57 million evrodan ortiq mablag' to'lashga tayyor. Manbaga ko'ra, "Man Siti"ning qiziqishi yangi mavsum oldidan mudofaa qanotini kuchaytirish zarurati bilan bog'liq.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, himoyachining bozor narxi 40 mln evroni tashkil etadi. 2024/25 yilgi mavsumda u barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma bergan.