"Manchester Siti"ni 6 nafar futbolchi tark etishi mumkin

"Manchester Siti" yozgi transfer oynasida birdaniga olti nafar futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin, deya xabar bermoqda The Athletic.
Manbaga ma'lum bo'lishicha, ushbu ro'yxatdan quyidagi futbolchilar o'rin olgan: Mateo Kovachich, Jon Stouns, Niko O'Rayli, Ilkay Gyundogan, Oskar Bobb va Klaudio Echeverri.
Eslatib o'tamiz, Angliya Premer-ligasining o'tgan mavsumida Xosep Gvardiola shogirdlari turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallagan edi. Evropa Chempionlar Ligasida inglizlar 1/16 final bosqichida Madridning "Real" klubiga ikki o'yin natijasiga ko'ra yutqazib, turnirni tark etishdi.