"Manchester Siti" hozircha "Galatasaroy"dan Ederson uchun rasmiy taklif olmadi

"Manchester Siti" Turkiyaning "Galatasaroy" klubidan darvozabon Ederson transferi bo'yicha rasmiy taklif olmadi, deb xabar berdi insayder Fabritsio Romano o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Manbaga ko'ra, "shaharliklar" braziliyalik posbonning turk klubi bilan shaxsiy shartlar bo'yicha muzokaralar olib borayotganidan xabardor.
Eslatib o'tamiz, Ederson "Manchester Siti" safida 2021 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. Uning amaldagi kelishuvi kelasi mavsum oxirigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali uni 20 million evroga baholamoqda.