"Manchester Siti" futbolchisi "Jirona"ga o'tmoqchi emas

"Manchester Siti" hujumkor yarim himoyachisi Klaudio Echeverri faoliyatini "Jirona"da davom ettirishni rejalashtirmayapti.
City Xtra xabariga ko'ra, 19 yoshli argentinalik futbolchi faqatgina Premer-liga klublaridan biriga ijaraga berilishi mumkin. U yangi jamoasida muntazam o'yin amaliyoti olishi ijaraning muhim sharti bo'ladi.
Echeverri 2024 yil boshida 18,5 million evro evaziga "River Pleyt"dan sotib olingan. Uning shartnomasi 2028 yil o'rtalariga qadar mo'ljallangan.