Magnes Akliushga "Manchester Siti" qiziqmoqda.

"Shaharliklar" ushbu transfer oynasida qo'lga kiritish mumkin bo'lgan nomzodlar qatoriga "Monako" vingeri ham qo'shildi, deya xabar bermoqda Sky Sport jurnalisti Florian Plettenberg.

23 yoshli frantsuz uchun "Bayer" ham da'vogarlik qilmoqda.

Ma'lumot uchun, Magnes Liga 1ning o'tgan mavsumida 32ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 10ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.