"Manchester Siti" va "Galatasaroy" Ederson bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Avvalroq, turk grandi "shaharliklar"ga darvozabon bo'yicha taxminan 10 mln evrolik ilk rasmiy taklif bilan chiqqani ma'lum bo'lgandi.

"Manchester Siti" taxminan 25 mln evro so'radi, ammo klublar kelishuvga erishishga harakat qilmoqda, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.

Braziliyalik darvozabon "Galatasaroy"ga o'tishga qiziqmoqda.

Ederson 2017/18 yilgi mavsumdan beri "Siti"da o'ynamoqda.