"Man Siti" Janluiji Donnarumma transferi bo'yicha so'rov yubordi.

"Shaharliklar" "PSJ" bilan ham, darvozabonning atrofidagilar bilan ham ehtimoliy bitim qanchalik amalga oshishi mumkinligini bilmoqchi.

SportMediaset jurnalisti Oratsio Akkomando xabariga ko'ra, "Siti" "Galatasaroy" bilan dastlabki kelishuvga ega bo'lgan Edersonning ketishiga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Donnarumma atrofidagilar 13 avgust kuni bo'lib o'tadigan "Tottenxem"ga qarshi Evropa Superkubogi o'yini arafasida "PSJ" bilan uchrashadi.