"Manchester Siti" 117 millionga sotib olgan yulduzini 45 millionga sotishga tayyor

"Manchester Siti" qanot vingeri Jek Grilish yozda jamoani tark etishi kutilmoqda.
The Sun xabariga ko'ra, mankunianliklar 29 yoshli angliyalik futbolchini 40 million funtga (45-47 million evro) sotishga tayyor.
Grilish 2021 yilda "Aston Villa"dan 117 million evroga sotib olingandi.