Ispaniyaning Onda Cero nashri xabariga ko'ra, "Real Madrid" yulduzi Vinisius Junior klubni erkin agent maqomida tark etmoqchi.

Manbaning yozishicha, 25 yoshli braziliyalik futbolchi ataylab klub bilan 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnomasini uzaytirish jarayonini cho'zmoqda. U klubda Mbappe bilan bir xil maosh olmoqchi - yiliga 20 million evro. Bu talab "qirollik klubi"ga yoqmayapti.

Hozirda Transfermarkt 170 million evroga baholayotgan vingerga hech qaysi jamoadan aniq bir qiziqish yo'q.