BBC jurnalisti Semi Mokbel ijtimoiy tarmoqlarda Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Fabio Vieyraning kelajagi haqida gapirdi.

"Arsenal" Vieyra bo'yicha takliflarga 100 foiz ochiq va klub yanvar oyidan beri uning ketishiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Agar u transfer oynasi yakuniga qadar hamon "Arsenal" futbolchisi bo'lib qolsa, ajablanarli bo'lardi", - deb yozadi Mokbel.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Vieyra Portugaliyaning "Portu" klubiga ijaraga berilgandi. Yozda u "kanonirlar"ga ijaradan qaytdi.