"Man Yunayted"ning Angliya liga kubogidagi raqibi ma'lum bo'ldi

"Manchester Yunayted" Angliya Liga Kubogining 2025/26 yilgi mavsumi 2-bosqichida "Grimsbi Taun" mehmoni bo'ladi.
Ushbu bosqichdan boshlab Evrokuboklarda ishtirok etmaydigan Angliya chempionatining yuqori divizioni klublari sovrin uchun kurashga kirishadi. "MYu" o'tgan mavsumda APLda 15-o'rinni egalladi.
Ikkinchi liga (to'rtinchi daraja) vakili "Grimsbi" o'z maydonida birinchi raundda "Shrusberi Taun"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.