«Man Siti» Ruben Diash kelajagini hal qildi

"Manchester Siti" va Ruben Diash shartnomani uzaytiradi.
The Athletic xabariga ko'ra, klub himoyachi bilan yangi kelishuvga erishgan. Diashning amaldagi shartnomasi 2027 yilda o'z nihoyasiga etadi.
Diash 2020 yilning kuzida "Manchester Siti"ga o'tgandi. O'tgan mavsumda portugaliyalik futbolchi APLda 27 ta o'yinda maydonga tushdi.