"Man Siti" Grilish, Savio va Makeyti ketganidan so'ng Rodrigoni sotib olishni ko'rib chiqmoqda

"Manchester Siti" Rodrigo bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Fabritsio Romanoning yozishicha, ingliz klubi bir nechta o'yinchilari bilan xayrlashgach, "Real" vingeri transferini ko'rib chiqmoqda. Xususan, Jek Grilish "Everton"ga ijaraga beriladi, Jeyms Maketi "Nottingem Forest"ga o'tishga yaqin, Savio Moreyra esa "Tottenxem" tomonidan sotib olinishi mumkin.
Ta'kidlanishicha, "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola braziliyalik futbolchining uzoq vaqtdan beri muxlisi hisoblanadi.
Madridliklar futbolchi ketishni xohlasa, bunga ruxsat beradi. Klub transfer uchun taxminan 100 million evro so'raydi.
Rodrigo La Liganing o'tgan mavsumida 30 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 5 ta golli uzatma bergan.