Mamardashvili: "Liverpul"da darvozabonlarning boy merosi bor"

Gruziya terma jamoasi darvozaboni Giorgi Mamardashvili "Liverpul"dagi maqsadlari haqida gapirdi.
Ingliz klubi o'tgan yozda Mamardashvilining transferini amalga oshirdi. 24 yoshli darvozabon o'tgan mavsumni "Valensiya" safida o'tkazdi va shu yilning iyul oyi boshida u rasman "mersisaydliklar" futbolchisiga aylandi.
"Bolaligimda internetda darvozabonlar bilan ko'plab videolarni ko'rganman, "Liverpul"ning ba'zi darvozabonlarini eslayman: Erji Dudek, Pepe Reyna, hozir esa Alisson Bekker darvozada o'ynaydi. "Liverpul"ning boy darvozabon merosi bor va men o'z bobimni shu erda yozishga harakat qilmoqchiman.
Alisson haqida aytishim mumkinki, u hozir dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri va u bilan ishlash va undan o'rganish imkoniyatiga ega bo'lganimdan juda xursandman.
Albatta, asosiy tarkibdan joy uchun kurash men uchun qiyin bo'ladi. Lekin menga bunday qiyinchiliklar yoqadi. Men bu erda bor kuchimni berib, jamoaga yordam berish uchun keldim" - dedi Mamardashvili "Liverpul" matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
O'tgan mavsumda Mamardashvili "Valensiya" bilan La Ligada 34 ta o'yinda maydonga tushib, 48 ta gol o'tkazib yuborgan.