"Malorka" darvozaboni jamoa "Barselona" uchun do'zax yaratishini aytdi.

Jamoalar bugun La Liganing 1-turi doirasida to'qnash kelishadi. O'yin Palma-de-Malorkadagi "Son Mois" stadionida bo'lib o'tadi, o'yin Toshkent vaqti bilan soat 22:30da.

- Lamin Yamalning videolarini ko'rganmisiz?

- Kerak emas. U yoki boshqa "Barselona" futbolchisi haqida emas. Hamma o'zining nimalarga qodirligini biladi, lekin biz "Son Mois"ni haqiqiy do'zaxga aylantirishga harakat qilishimiz kerak, shunda ular boshidanoq juda noqulay bo'ladi", - dedi "Malorka" darvozaboni Leo Roman.