Malayziya terma jamoasi CAFA kubogida ishtirok etishdan bosh tortdi.

Musobaqaning B guruhidan o'rin olgan Malayziya turnirda qatnashmaydi. Bu haqida mamlakat futbol federatsiyasi ma'lumot bermoqda.

Aytishlaricha, federatsiyaga dastlab CAFA mutasaddilari musobaqalar FIFA kunlari doirasida bo'lib o'tishini aytishgan. Biroq keyinchalik musobaqa Avgustda start olishi belgilangan.

Shu sabab federatsiya xorijda o'ynayotgan futbolchilari xizmatidan foydalana olmasligi va mahalliy chempionatga halaqit bermaslik uchun turnirda ishtirok eta olmasligini bildirgan.

Manba: @SamvelKarlenovich