"Real"ning sobiq yarim himoyachisi Klod Makelele Alonsoning klubga bosh murabbiy etib tayinlangani haqida gapirdi.

"Ularning yangi murabbiyi bor, u mening do'stim. U yangi fazilatlarni olib keladi, lekin bu oson bo'lmaydi. Madrid har doim Madrid bo'lib qoladi. Asta-sekin. Xabiga vaqt kerak. Bir yoki ikki yil. Unga ishlash imkoniyatini berish kerak. Uning ajoyib tarkibi bor", — deb Makelele so'zlarini keltiradi AS.

Xabi Alonso 2025 yilning yozida "Real Madrid"ni qabul qilib oldi.