"Liverpul" yarim himoyachisi Aleksis Makallister "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning APLda g'alaba qozonish Chempionlar ligasiga qaraganda qiyinroq ekani haqidagi so'zlariga qo'shildi.

"Gvardiolaning Premer-liga haqidagi gaplariga qo'shilaman. Menimcha, bu dunyodagi eng qiyin turnir. Uni yutish Chempionlar ligasidan ko'ra qiyinroq. Premer-liga to'qqiz oy davom etadi. Ma'naviy, jismoniy, hissiy jihatdan... Bu shunchaki qotillik," - deya Makallisterning so'zlarini keltiradi The Players’ Tribune.