Mahrez: "Bolaligimdan "Marsel"da o'ynashni orzu qilardim"

"Al-Ahli" klubi qanot vingeri Riyod Mahrez yoshlikdagi orzusi haqida gapirib berdi - u bir paytlar Frantsiyaning "Marsel" jamoasida o'ynashni xohlagan edi.
Jazoirlik futbolchi L’Equipe nashriga bergan intervyusida yoshligidan bu jamoaga muxlislik qilgani va uning afsonalaridan ilhomlanganini ta'kidladi.
"Bolaligimdan "Marsel"da o'ynashni orzu qilardim. Doim shu jamoaga muxlislik qilardim, Drogba, Nyang, Nasri, Riberilarga qoyil qolardim... Liga 1 da "Velodrom"da o'ynash - men shuni xohlardim. Lekin mening karera yo'lim butunlay boshqacha bo'ldi, - dedi Mahrez.