Maguayr nega Pogba "MYu"da muvaffaqiyatsizlikka uchraganini tushuntirdi

"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Xarri Maguayr Pol Pogbaning mankunianliklar klubidagi muvaffaqiyatsizliklar haqida gapirdi.
"Qizil iblislar" frantsiyalik yarim himoyachini 2016 yilning yozida "Yuventus"dan 105 mln evroga sotib olgandi - bugungi kungacha ingliz grandining tarixdagi eng qimmat transfer. Futbolchi umidlarni oqlamadi va olti yildan so'ng "Yuventus"ga erkin agent sifatida qaytdi.
"Pogbadan kutilgan natijalar aql bovar qilmas darajada edi, u bu borada hech narsa qila olmasdi. Undan har bir o'yinda eng yaxshi bo'lishni talab qilishardi - aks holda uni shunchaki yo'q qilishardi. U ajoyib o'yinchi edi, unda hamma narsa bor edi," - deya Maguayrning so'zlarini keltiradi The Touchline.
Bu yil yozda Pol Pogba antidoping qoidalarini buzgani uchun diskvalifikatsiya muddatini o'tab yana maydonga qaytdi va "Monako" bilan shartnoma imzoladi.