Londonning "Arsenal" klubi Madridning "Real" klubi vingeri Rodrigo bilan shartnoma imzolash fikridan qaytmadi. Yaqinda "to'pchilar" safini hujum qanotining yana bir futbolchisi - "Chelsi"dan 55 mln evrodan ko'proq mablag' evaziga transfer qilingan Noni Madueke to'ldirdi. CaughtOffside xabariga ko'ra, inglizning transferi "Arsenal"ning Rodrigo borasidagi rejalariga ta'sir qilmagan: londonliklar hamon braziliyalik yulduzni o'z safiga qo'shib olishga umid qilmoqda va uning uchun "Real"ga 80 mln evro taklif qilishga tayyor.

Rodrigoning mashhur Transfermarkt saytidagi narxi - 90 mln evro. "Qaymoqranglilar" 24 yoshli futbolchi uchun 100 mln evrodan ko'proq so'rashi mumkin.