Lyuka Zidan "Granada"ni "Parij"ga almashtirishi mumkin

L’Equipe nashrining xabar berishicha "Granada" darvozaboni Lyuka Zidan o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra Liga 1ga chiqqan "Parij" klubi e'tiboriga tushdi.
Frantsuz klubi yozgi transferlar vaqtida 27 yoshli darvozabonni o'z safiga qo'shib olish haqida o'ylamoqda. Lyuka Madridning "Real" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U afsonaviy Zinedin Zidanning o'g'li. "Qaymoqranglilar"ning asosiy jamoasida u bor-yo'g'i ikkita o'yin o'tkazdi, shundan so'ng u "Rasing Santander", "Rayo Valekano" va "Eybar"da o'ynadi va so'nggi yillarda "Granada" darvozasini himoya qildi.
Kichik Zidan faoliyati davomida Frantsiyaning yoshlar va o'smirlar terma jamoasida o'ynagan, ammo u hali milliy terma jamoaga chaqiruv olmagan. Uning "Granada" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, Transfermarkt portali esa darvozabonning bozor narxini 1,5 million evroga baholamoqda.