Lukman taqdirga tan bergan ko'rinadi

"Atalanta" yulduzi Ademola Lukman yozda klubni tark etishi dargumon bo'lib turibdi.
Janluka di Martsio xabariga ko'ra, 27 yoshli nigeriyalik forvard "Inter" bergamoliklarning futbolchi bo'yicha talablarini qondirishdan bosh tortgani ma'lum bo'lgach, "Atalanta" tarkibida mashg'ulotlarga qaytdi.
U klub bilan mashg'ulotlarni boshlashi kutilmoqda.
Transfermarkt portalida Lukman 60 million evroga baholanmoqda. Uning shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.