"Atalanta" hujumchisi Ademola Lukmanning Milanning "Inter" klubiga transferi yaqinlashmoqda. Bergamoliklar o'z futbolchisining narxini pasaytirdi. Bu haqda La Repubblica xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Atalanta" nigeriyalik bilan 45 mln evro evaziga xayrlashishga tayyor. Bu bergamoliklar avvalroq so'raganidan 5 mln evroga kam. "Neradzurrilar" uchun bu summa maqbul hisoblanadi.

Shuningdek, "Inter" va Lukman hamkorlik shartlarini kelishib olishga muvaffaq bo'lgani aytilmoqda.

O'tgan mavsumda 27 yoshli forvard o'z klubi safida 40 ta o'yinda 20 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.