Lukas Vaskes sobiq klubiga qaytishi mumkin

Qanot himoyachisi Lukas Vaskes Madridning "Real" klubini tark etganidan so'ng hamon klubsiz qolmoqda. Marca xabariga ko'ra, 34 yoshli ispaniyalikka sobiq klubi qiziqish bildirmoqda.
Manbaning yozishicha, "Espanol" 2014/2015 yilgi mavsumda jamoa tarkibida harakat qilgan sobiq futbolchisini qaytarmoqchi.
Lukas hozircha transferga rozilik bildirgani yo'q. U chet eldan kelayotgan takliflarni to'liq o'rganib chiqmoqchi. Shundan so'ng u kelajagi bo'yicha yakuniy qarorga keladi.