Rasmus Xyoylund "Napoli"ga o'tishi mumkin.

"Napoli" klubi Romelu Lukakuning jarohati tufayli yangi hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi, u uch oydan ko'proq maydonga tusha olmaydi.

Bugun "Napoli" vakillari "Manchester Yunayted" bilan bog'lanib, daniyalik futbolchini ijaraga olish shartlarini muhokama qilishdi, deb yozadi Fabritsio Romano.

Qayd etilishicha, mish-mishlarga qaramay, Joshua Zirkze bilan bog'liq muzokaralar bo'lmagan. Inglizlar niderlandiyalik futbolchini o'zida saqlab qolmoqchi.

O'tgan mavsumda Xyoylund Premer-ligada 32ta o'yin o'tkazib, 4ta gol urgan.