Luis Felipe La Liga klubi bilan shartnoma imzoladi (foto)

Luis Felipe "Marsel"dan "Rayo Valekano"ga o'tdi.
Ispan klubi 28 yoshli himoyachining transferini e'lon qildi. Braziliyalik futbolchi "futbol pasporti"ning generatsiyalangan tasviri bilan taqdim etildi, unda futbolchining pozitsiyasi va barcha sobiq klublari ko'rsatilgan.
"Latsio" va "Betis"ning sobiq himoyachisi qishda erkin agent sifatida "Marsel"ga ko'chib o'tgandi. Mundo Deportivo xabariga ko'ra, tomonlar shartnomani bekor qilgan.
