"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike jamoani navbatdagi muvaffaqiyatga etakladi. Frantsiya grandi "Tottenxem" bilan o'yinda mag'lubiyatga yaqin edi, ammo 85 va 94-daqiqalarda gol urib (2:2) muvozanatni tikladi va penaltilar seriyasida aniqroq harakat qildi (4:3).

Shu tariqa, Squawka xabariga ko'ra, Enrike ikki yoki undan ortiq jamoa bilan UEFA Superkubogini qo'lga kiritgan beshinchi murabbiyga aylandi. Ilgari buni faqat Karlo Anchelotti, Xosep Gvardiola, Lui van Gal va ser Aleks Fergyuson uddalagan.

Eslatib o'tamiz, Luis Enrikening UEFA Superkubogidagi ilk g'alabasi 2015 yilga to'g'ri keladi. O'shanda "Barselona" qo'shimcha bo'limlardan so'ng "Sevilya"ni 5:4 hisobida mag'lub etgandi.