Luis Enrike: "Men mag'lub emasman"

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike klublar jahon chempionati finalida "Chelsi"dan mag'lubiyatga uchragandan so'ng (0:3) o'zini mag'lub deb hisoblamayapti.
Parij grandi hal qiluvchi o'yinga favorit etib kelgan bo'lsa-da, birinchi bo'limdayoq uchta gol o'tkazib yubordi va o'zi birorta gol ura olmadi.
"Men mag'lub emasman. Men shunchaki ikkinchi bo'ldim. Yuqori darajadagi futbolda mag'lublar bo'lmaydi. Bu so'z bilan faqat o'rnidan turmaydiganlarni atash mumkin," - dedi Enrike matbuot anjumanida.