"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike jamoaning maqsadlari haqida gapirdi. Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, parijliklar 2025/2026 yilgi mavsumda barcha sovrinlar uchun kurashmoqchi.

"Unvonlarga kelsak, biz ularning har biri uchun kurashishga tayyor bo'lishni istaymiz. Albatta, barchasini yutib, o'tgan yilgi qahramonlikni takrorlashimizga ishonamiz. Bu haqiqiy uslub bilan tarixga kirishni anglatardi. Bu bizga alohida motivatsiya beradi," - deya Enrikening so'zlarini keltiradi UEFA sayti.

Eslatib o'tamiz, "PSJ" o'tgan mavsumda Frantsiya chempionati, Frantsiya kubogi, Frantsiya Superkubogi va Chempionlar ligasida g'olib chiqqan edi.