Luis Diasning "Bavariya" uchun tibbiy ko'rik sanasi ma'lum bo'ldi

Luis Dias ertaga "Bavariya"da tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Avvalroq, "Liverpul" vingeri 75 mln evro evaziga nemis klubiga o'tishi va 4 yillik shartnoma imzolashi ma'lum bo'lgandi.
Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, bugun Dias transferni yakunlash uchun Myunxenga uchib ketadi.
Kolumbiyalikning tibbiy tekshiruvi seshanba kuniga rejalashtirilgan.