Luis Diasning "Bavariya"ga transferi masalasi hal bo'lib qoldi

Chap qanot vingeri Luis Dias 75 million evro evaziga "Liverpul"dan "Bavariya"ga o'tishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda insayder Nikolo Skira.
Manbaga ko'ra, 28 yoshli kolumbiyalik futbolchi bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma bo'yicha printsipial kelishuvga erishilgan.
Dias 2022 yilning yanvaridan beri ingliz klubida o'ynab kelmoqda. U "Portu"dan 54 million evroga sotib olingandi. Uning shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan bo'lib, Transfermarkt portali uni 70 mln evroga baholamoqda.
O'tgan mavsumda Luis klub safida 50 ta o'yinda 17 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.