Luis Diasning taqdimot marosimi payshanba kuni bo'lib o'tadi.

Avvalroq "Bavariya" "Liverpul" vingerini bonuslar bilan birga 75 million evroga sotib olayotgani haqida xabar berilgandi.

Bugun kolumbiyalik futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tdi va keyin Myunxen klubi markaziy ofisiga etib keldi, deb xabar beradi Sky Sport Deutschland.

Payshanba kuni Dias "Bavariya"ga yangi kelgan futbolchi sifatida tanishtiriladi. Matbuot anjumani Toshkent vaqti bilan 17:30da boshlanadi.