"Bavariya" vingeri Luis Diasning debyuti muvaffaqiyatli chiqdi. Shanba kuni Vensan Kompani jamoasi finalda "Shtutgart"ni mag'lub etib (2:1), Germaniya Superkubogini qo'lga kiritdi, kolumbiyalik futbolchi esa g'alaba goliga mualliflik qildi. Myunxenliklarning yangi futbolchisi 77-daqiqada gol urdi.

«Jamoa bilan iloji boricha ko'proq unvonlarni qo'lga kiritmoqchiman. Men yirik turnirlarda g'oliblik uchun kurashadigan klubni tanlashga harakat qildim. Bu erga kelganimdan xursandman», - deya 28 yoshli futbolchining so'zlarini keltiradi Bundesliga matbuot xizmati.

"Bavariya" Luis Diasni iyul oyi oxirida "Liverpul"dan 70 mln evro evaziga sotib olgandi.