London klubi Ukraina grandiga 37 million evro taklif qildi

"Shaxtyor" "Fulxem"dan Kevin transferi bo'yicha yangi taklif oldi.
Avvalroq, APL klubi 22 yoshli vinger uchun 30 mln evro va bonuslar taklif qilgani xabar qilingandi. Transferning umumiy qiymati 40 mln evroni tashkil etishi mumkin edi, ammo ingliz klubi rad javobini oldi.
Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, "Fulxem" Donetsk klubiga yangi rasmiy taklif bilan chiqqan. Uning summasi 37 mln evro va bonuslarga baholanmoqda.
Biroq, "Shaxtyor" futbolchi uchun 50 mln evro talab qilmoqda.
Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi Evropa Ligasi saralash bosqichining 3ta o'yinida 4ta gol urdi va 2ta golga assistentlik qildi.