Londonning "Vest Xem" klubi yozgi transfer oynasida "Botafogo" darvozaboni Jon Viktor bilan shartnoma imzolamoqchi.

Fabritsio Romano xabariga ko'ra, "bolg'achilar" 29 yoshli braziliyalik golkiper uchun 8 million evro miqdoridagi rasmiy taklif bilan chiqqan.

Viktorga so'nggi vaqtlarda "Galatasaroy", "Everton" va "Manchester Yunayted"dan qiziqishlar bo'lgandi.