London klubi "Atletiko" hujumchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Madridning "Atletiko" klubiga tegishli bo'lgan markaziy hujumchi Aleksandr Sorlot tumanli Albionga ko'chib o'tishi mumkin.
Fichajes nashri jurnalistlari tarqatgan xabarga ko'ra 29 yoshli norvegiyalik hujumchining transferiga Londonning "Tottenxem" klubi qiziqish bildirmoqda. Hozircha "shporlar" tajribali skandinaviyalik futbolchini sotib olish bo'yicha "matraschilar"ga taklif bilan chiqishmadi.
Syorlotning transfer narxi 25 million evroga baholanmoqda. Uning Madrid top-klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirida o'z nihoyasiga etadi.
La Liganing o'tgan mavsumida norvegiyalik futbolchi 35 ta o'yinda maydonga tushib, 20 ta gol urgan va 2 ta golga hammualliflik qilgan.