O'zbekistonda yozgi transferlar oynasi davom etmoqda.

Toshkentning “Lokomotiv” klubi o'zining akademiya tarbiyalanuvchisi bo'lgan Quvonchbek Abraev bilan yangi kelishuvga erishdi.

Yangi bitimga ko'ra, 18 yoshli hujumchi keyingi 3 yilni “temiryo'lchilar” safida o'tkazadi.

Iqtidorli futbolchi ushbu mavsum «Lokomotiv» libosida 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 6 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qilishga erishdi.