"Liverpul" yana bir katta transferni shu yozning o'zida yopishiga ishonmoqda

"Liverpul" "Kristal Pelas" himoya etakchisini o'z safiga qo'shib olishiga ishonmoqda.
Sky Sport nashri jurnalisti Sasha Tavolerining xabar berishicha, ikkala klub vakillari o'rtasida transfer shartlari bo'yicha muzokaralar hali ham davom etmoqda. Mark Gexi "burgutlar" rahbariyatiga mersisaydliklar safiga o'tish istagini bildirgan, ammo londonliklar avvaliga unga munosib o'rinbosar topmoqchi.
Transfer summasi taxminan 45 million funtni tashkil etishi kerak, 25 yoshli Gexi esa "Liverpul" bilan 2030 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan besh yillik shartnoma imzolaydi.
Mark Gexi o'tgan mavsumda "Kristal Pelas" safida barcha musobaqalarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 2 ta golga hammualliflik qilgan.