"Liverpul" vingeri Keza agentiga topshiriq berdi

"Liverpul" futbolchisi Federiko Keza hamon vataniga qaytish niyatida. Italiyalik futbolchi o'tgan mavsumda "qizillar"ning asosiy tarkibiga kira olmadi, shuning uchun u yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar A Seriyaga ko'chib o'tishni istamoqda.
Jurnalist Matteo Morettoning yozishicha, futbolchi o'z agentiga Italiyada o'ynash uchun munosib variant topishni buyurgan. Bir nechta klublar qiziqish bildirmoqda, ammo hozircha bitim moliyaviy jihatdan foydali bo'lishiga ishonchlari komil emas.
O'tgan yili "Liverpul" Federiko Kezani "Yuventus"dan 12 mln evroga sotib olgandi. Vingerning hozirgi narxi Transfermarkt portali tomonidan 14 mln evroga baholangan. Evropa chempioniga so'nggi paytlarda "Napoli", "Atalanta" va "Milan" klublari qiziqish bildirayotgandi.