"Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isak "Liverpul"ning asosiy transfer maqsadi bo'lib qolmoqda, ammo klubda muqobil variantlar ham ko'rib chiqilmoqda.

Agar "qizillar" shvetsiyalik hujumchini qo'lga kirita olmasa, "PSJ" vingeri Bredli Barkolya bozorda ustuvor variantga aylanadi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. Ayni damda mersisaydliklar bor e'tiborini Isakka qaratgan va "Nyukasl"ni ko'ndirish niyatida.

Sentyabr oyida Bredli Barkola 23 yoshga to'ladi, uning hozirgi transfer narxi Transfermarkt portali tomonidan 70 mln evroga baholanmoqda. Parijliklar safida futbolchi 26 ta gol va 30 ta golli uzatmaga mualliflik qilib, jami 103 ta o'yinda maydonga tushgan.