"Liverpul"ning transfer kampaniyasi hali yakunlanmadi. Yaqinda "qizillar" safiga Frankfurtning "Ayntraxt" klubidan 95 mln evroga xarid qilingan forvard Ugo Ekitike qo'shildi. Angliyaning amaldagi chempionlari joriy yozda yangi transferlar uchun jami 300 mln evrodan ko'proq mablag' sarfladi, biroq ular bu bilan to'xtab qolmoqchi emas.

Jurnalist Ben Jeykobsning ma'lum qilishicha, "Liverpul" rahbariyati yana bir himoyachini o'z safiga qo'shib olish niyatida, shuningdek, hujum chizig'iga yangi futbolchi taklif etilishi mumkin - ayniqsa, Luis Dias ketadigan bo'lsa.

Eslatib o'tamiz, avvalroq mersisaydliklar Florian Virts, Milosh Kerkez va Jeremi Frimpong transferlarini rasmiylashtirgan edi.