"Liverpul" Entoni Semeno voqeasidan keyin irqchilikka qarshi chiqdi.

"Bornmut" yarimhimoyachisi APL 1-turidan o'rin olgan "Liverpul"ga (2:4) qarshi o'yinda irqchilik ruhidagi haqoratlarga uchradi.

Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, nogironlar aravachasidagi fanat Semenoni irqchilik asosida haqorat qilgan. "Liverpul"ning 47 yoshli muxlisi tanaffus vaqtida "Enfild" stadionidan olib chiqildi. Politsiya tergov olib bormoqda.

"Biz irqchilik va kamsitishning barcha ko'rinishlarini qoralaymiz. Ularga jamiyatda ham, futbolda ham o'rin yo'q.

Klub boshqa izoh bera olmaydi, chunki taxmin qilinayotgan hodisa politsiya tomonidan olib borilayotgan tergov mavzusi bo'lib, biz uni to'liq qo'llab-quvvatlaymiz", - deyiladi mersisaydliklar bayonotida.