"Liverpul" hujumchi Aleksandr Isak bo'yicha "Nyukasl"ga taklif bilan chiqadi.

"Qizillar" vinger Luis Diasni "Bavariya"ga sotishga yaqin turibdi - bitim qiymati taxminan 75 mln evroni tashkil qiladi. Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, mersisaydliklar kolumbiyalik futbolchi bilan xayrlashgan zahoti Isakni qo'lga kiritish bo'yicha faol ish boshlamoqchi. "Liverpul" shvetsiyalik futbolchi uchun rekord narx taklif qilishga tayyor.

Aleksandr Isakning o'zi Arne Slot jamoasiga o'tishni juda xohlaydi va Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tish variantlarini ko'rib chiqmayapti. Transfermarkt portali 25 yoshli hujumchining narxini 120 mln evroga baholamoqda.