APL chempioni "Liverpul" yangi mavsumga tayyorgarlik davomida Yaponiyada "Yokogama Marinos"ga qarshi o'yin o'tkazdi va 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Mersisaydliklar safida Florian Virts, Trey Noni va Rio Ngumoxa gol muallifi bo'ldi.

"Qizillar" 4 avgust kuni "Atletik Bilbao"ga qarshi ikkita o'yin o'tkazadi.