"Liverpul" Nunesga "Al-Hilol" bilan muzokaralar o'tkazishga ruxsat berdi

"Liverpul" hujumchisi Darvin Nunes faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
Fabritsio Romano xabariga ko'ra, urugvaylik forvard va "Al-Hilol" o'rtasidagi muzokaralar yangi haftada boshlanadi.
Mersisaydliklar Darvinga "Hilol" bilan muzokaralar o'tkazishga ruxsat berdi.
Hozircha hech qanday rasmiy taklif yuborilmagan.