"Liverpul" Nunes uchun "Al-Hilol"dan katta taklif kutmoqda

"Al-Hilol" "Liverpul" forvardi Darvin Nunes uchun asosiy da'vogar.
"Qizillar" rahbariyati urugvaylik futbolchini sotib yubormoqchi va Saudiya Arabistoni grandidan katta taklif kutmoqda, deb yozadi "Gazeta.Ru" insayder Fabritsio Romanoga tayanib. Klublar kelishuv shartlarini muammosiz kelishib olishlari taxmin qilinmoqda. Asosiy savol futbolchining o'zi qanday qarorga kelgani bo'lib qolmoqda.
Ayrim ma'lumotlarga ko'ra, "Liverpul" Darvin Nunesning transferidan taxminan 70 mln evro ishlab olmoqchi. Transfermarkt portali 26 yoshli futbolchining narxini 45 mln evroga baholamoqda.