"Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isak "Liverpul"ga o'tmoqchi.

"Qizillar" shvetsiyalik futbolchiga qiziqishda davom etmoqda, ammo keyingi transfer vazifasi - himoya markazini kuchaytirishga e'tibor qaratish uchun masalani tezroq yopishni rejalashtirmoqda. DaveOckop xabariga ko'ra, 25 yoshli forvard joriy hafta oxirigacha klub rahbariyatiga transfer bo'yicha so'rov yuboradi.

Avvalroq, "Nyukasl" "Liverpul"ning Aleksandr Isak bo'yicha taklifini rad etgandi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 120 mln evroga baholamoqda. Angliya Premer-ligasining o'tgan mavsumida "hakkalar" hujum chizig'i etakchisi 34 ta o'yin o'tkazib, 23 ta gol urgan, shuningdek, oltita golli uzatmani amalga oshirgan.